Shoir tomonidan yozilgan maftunkor she'r insonlarning qalb tug'yonlarini junbishga keltirib, ruhiyatiga ajib bir surur bag'ishlaydi. Ushbu kitobda ham tarjimon, dramaturg, publitsist, jamoat arbobi, O'zbekiston Qahramoni va O'zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovning turli yillarda yozilgan eng sara hamda dilbar she'rlari jamlangan.

