INKAX T07 simsiz TWS naushniklari — qulaylik, yuqori sifatli ovoz va zamonaviy dizayn uyg‘unligi.
Ushbu naushniklar har kungi foydalanish, sport bilan shug‘ullanish va sayrlar uchun juda mos keladi. Ergonomik formasi va yengil korpusi sababli quloqda mustahkam va qulay o‘tiradi hamda faol harakatlanganda ham tushib ketmaydi.
Asosiy afzalliklari va xususiyatlari:
- Barqaror ulanish (Bluetooth 5.3): Zamonaviy Bluetooth moduli tufayli uzilishlarsiz, kechikishlarsiz va barqaror ulanish ta'minlanadi.
- Keng ta'sir radiusi: Qurilmangizdan 10 metrgacha bo‘lgan masofada erkin harakatlanishingiz mumkin.
- Uzoq muddatli avtonom ish:
- Bir marta to‘liq zaryadlanganda 5–6 soat davomida musiqa tinglash yoki muloqot qilish imkoniyati.
- Zaryadlash keysi bilan birga umumiy ish vaqti 25 soatgacha uzaytiriladi.
- Akkuumulyator sig‘imi:
- Har bir naushnik: 30 mAk × 2.
- Zaryadlash keysi: 300 mAk.
- Tezkor zaryadlash:
- Naushniklarning zaryad olish vaqti: taxminan 1,2–1,5 soat.
- Keysning zaryad olish vaqti: taxminan 1,5 soat.
- ENC shovqin bosish tizimi: Mikrofonga o‘rnatilgan atrof-muhit shovqinini kamaytirish texnologiyasi (ENC) tufayli muloqot vaqtida ovozingiz aniq va tinik eshitiladi.
- Ergonomik va qulay dizayn: Quloq shakliga mos keluvchi anatomik tuzilishi sababli uzoq vaqt davomida taqib yurilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi.
To‘plam tarkibi: Naushniklar, zaryadlash keysi, zaryadlash kabeli va foydalanish bo‘yicha qo‘llanma.