PORE FREE SKIN MAKEUP BASE — kengaygan teshikchalarsiz teri!
INGLOT’dan professional baza, butun kun davomida tekis rang va parvarishlangan terini qadrlaydiganlar uchun yaratilgan.
Vosita bir nechta yo‘nalishda ishlaydi:
• relyefni tekislaydi,
• teshikchalar ko‘rinishini kamaytiradi,
• pardozning chidamliligini uzaytiradi,
• qulaylik hissini saqlaydi.
Soft focus texnologiyasi va optik tekislash effekti tufayli baza teshikchalar va ajinlarni kamroq sezilarli qiladi. Yengil, baxmal tekstura teshikchalarni to‘sib qo‘ymaydi va tezda teriga moslashadi.
Formulasi seboregulyatsiya qiluvchi komponentlarni o‘z ichiga oladi, ular yog‘li yaltirashni nazorat qiladi va teriga yangilik hissini kun oxirigacha saqlab beradi. Shu bilan birga baza namlikni ushlab turadi va terini tashqi ta’sirlardan — ifloslanish, quruqlik, harorat o‘zgarishlaridan himoya qiladi.
Unumli qo‘llanishi mumkin:
*pardoz ostida — chidamlilik va tekis rang uchun;
*mustaqil mahsulot sifatida — terining tashqi ko‘rinishini yangilash va yaxshilash uchun.
Kimlar uchun mos:
Barcha turdagi teriga, shu jumladan yog‘li, sezgir va aralash turdagi teriga mos keladi. Ayniqsa kengaygan teshikchalar, yog‘li yaltirash va notekis relyefda samarali.
Qo‘llash usuli:
Tozalangan va namlangan teriga oz miqdorda surting. Ayniqsa teshikchalar va yog‘li zonalarga ehtibor bering. Singib ketishini kuting, so‘ngra pardoz qiling yoki uni yakuniy parvarish vositasi sifatida qoldiring.

