«Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha lug‘at: 24.000 so‘z» — Zamirjon Butayev tomonidan tuzilgan ikki tilli inglizcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-inglizcha lug‘at. Lug‘at 24 000 ta so‘zni o‘z ichiga oladi hamda ingliz tilini o‘rganuvchilar, tarjima bilan shug‘ullanuvchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Undan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, abituriyentlar hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari foydalanishlari mumkin.

