Ushbu "Inglizcha-o'zbekcha lug'at" cho'ntak kitobi yaqin ikki-uch yil davomida nashr etilgan lug'atlardan keskin farq qiladi. Bu, avvalo, tuzuvchilar tomonidan leksikografiya ilmining ilg'or an'analariga rioya qilishga bo'lgan urinishda o'z ifodasini topgan. Lug'at ingliz tili mutaxassislari va tilni o'rganuvchilar tomonidan yuksak qadrlanadigan Oksford lug'atshunoslik maktabi an'analarida tuzilgan.

