• Kitob: INGLIZ TILI GRAMMATIKASI (TO'LIQ MA'LUMOT)
• Muallif: Sardor Hafizov, Omonullo Abdullayev
• ISBN: 978-9943-5473-6-0
• Nashriyot: "Yosh kuch"
• O'lchami: 84x108 1/16
• Muqova: Yumshoq
• Hajmi: 272 bet
• Mualliflar huquqlari himoyalangan.
• Guvohnoma № 001237
Qo‘lingizdagi ingliz tili mutaxassislari tomonidan yaratilgan ushbu qo‘llanma ko‘p yillik tajribalar asosida hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Asosan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan mazkur qo‘llanma hozirgi zamon ingliz tili grammatikasining barcha bo‘limlarini qamrab olgan. Qo‘llanma o‘zining sodda va ravon tili, qulay dizayni, eng asosiysi, grammatikaning barcha bo‘limlari haqida juda chuqur, keng ko‘lamli, g‘oyatda puxta ma’lumot berishi bilan shu kunga qadar yaratilgan boshqa barcha qo‘llanmalardan tubdan farq qiladi. Mualliflar har bir grammatik birlik, har bir qoida ustida alohida to‘xtalib o‘tib, batafsil ma’lumot berganlarki, bu ingliz tili grammatikasini chuqur o‘rganish hamda test topshiriqlarini osonlik bilan ishlash ishtiyoqidagi o‘quvchilar uchun ayni muddaodir. Foydalanuvchining imkoniyatlari hisobga olingan holda asosiy grammatik qoidalar bayoni o‘zbek tilida berilgan va eng murakkab holatlar va strukturalar soddalik bilan tushuntirilganki, bu qo‘llanmadan foydalanishni osonlashtiradi va o‘quvchiga o‘qituvchi yordamisiz mustaqil tarzda ham qo‘llanmadan foydalanish imkonini beradi.
Hozirgi kunda ingliz tili grammatikasini o‘rganayotganlar, ayniqsa, abituriyentlarga bir narsa juda yaxshi ma’lumki, ular hozirda grammatikani o‘rganish bo‘yicha yagona universal qo‘llanma yo‘qligi sabab grammatikani mukammal o‘rganish va test topshiriqlarini maksimal darajada bajara olish uchun juda ko‘p turli-tuman ingliz tili grammatikasiga bag‘ishlangan kitoblarni ko‘rib chiqish, ulardagi grammatik qoidalarni jamlash va o‘rganish kabi mashaqqatli va ko‘p vaqt talab qiladigan jarayonni bosib o‘tishlari kerak. Bu esa qator noqulayliklar va murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda. Ayni shu masalalarni hisobga olgan holda, mualliflar hozirgi zamon atoqli chet el olimlari, xususan, Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya mutaxassislari tajribasini atroflicha o‘rganib chiqishdi va barcha asosiy grammatik darslik va qo‘llanmalardagi qoidalarni o‘zida jamlovchi yagona universal qo‘llanma yaratishga qaror qilishdi. Universal xarakterdagi mazkur qo‘llanma hozirda ingliz tili grammatikasini o‘rganuvchilar va abituriyentlar orasida mashhur bo‘lgan
“Round Up” (Virginia Evans, Jenny Dooley, Pearson Education Limited, 2010-2011),
“Grammar Way” (Jenny Dooley, Virginia Evans, Express Publishing, 1999-2004),
“Grammar for IELTS” (Diana Hopkins, Pauline Cullen, Cambridge University Press, 2007),
“Practical English Usage” (Michael Swan, Second Edition, Oxford University Press, 1996),
“English Grammar in Use” (Raymond Murphy, Fourth Edition, Cambridge University Press, 2012),
“Oxford Practice Grammar” (John Eastwood, Second Edition, Oxford University Press, 2002),
“Advanced Grammar in Use” (Martin Hewings, Second Edition, Cambridge University Press, 2005),
“Cambridge Advanced Learner’s Dictionary” (Third Edition, Cambridge University Press, 2008),
“Understanding and Using English Grammar” (Betty Schrampher Azar, Third Edition, Pearson Education, 2002),
“Практическaя грамматика английского языка” (К.Н. Качалова, Е.Е. Израилевич, UNVES, Moscow, 1998),
“Macmillan English Dictionary for Advanced Learners” (Second Edition, Macmillan Publishers Limited, 2007),
“Longman Dictionary of Contemporary English for Advanced Learners” (Pearson Education Limited, 2009)
kabi qo‘llanmalarning eng sara qoida va strukturalarini o‘zida jamlashi bilan birga, rasmiy internet sahifalaridan saralangan ba’zi bir muhim ma’lumotlar bilan ham boyitilgan. Bu esa qo‘llanmaning qimmatini oshirish bilan birga o‘quvchilar vaqtini tejash, ularni o‘nlab kitoblarni ko‘rib chiqish va internet sahifalarini izlash zaruratidan xalos qilish imkonini ham beradi.

