🏥 FITCONN MY-130B portativ mesh nebulayzeri
Uyda foydalanish uchun ixcham inhalyator. To'rsimon membrana eritmani mayda dispersli aerozolga aylantiradi, ingalyatsiyani esa qulay joyda o'tkazish mumkin: uyda, yo'lda, ishxonada. Birinchi marta qo‘llashdan oldin, agar ingalyator ishlamasa, rezervuarni chiqarib, yana joyiga qo‘yib va keyin ingalyatorni yoqish kerak. Qurilmadan foydalanish bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling: +998903570466
📌 Asosiy afzalliklar
✅ Mesh texnologiyasi. Tebranuvchi to'rsimon membrana, chastotasi 110 kHz
✅ Mayda dispersli aerozol. Zarrachalar o'lchami ≤5 mkm
✅ Sokin ishlash. Shovqin darajasi 50 dB(A) dan oshmaydi
✅ Eritmaning minimal yo'qotilishi. Idishdagi qoldiq 0,1 ml dan kam
✅ Purkash tezligi ≥0,2 ml/daq
✅ Idish hajmi 10 ml
🔋 Avtonomlik va qulaylik
▪️ O'rnatilgan litiy-ionli akkumulyator 3,7 V, 1200 mA·soat
▪️ USB orqali zaryadlash (Type-C kabeli to'plamga kiradi)
▪️ Vaqtni teskari sanash funksiyali raqamli displey
▪️ Zaryad pasayganda va suyuqlik yetishmaganda ogohlantiruvchi indikatorlar
⚙️ Ish rejimlari
▪️ Intensiv rejim, taymer 10 daqiqa
▪️ Yumshoq rejim, taymer 20 daqiqa
▪️ Avtomatik tozalash, 5 daqiqa
▪️ Seans tugagach avtomatik o'chadi
📏 Ixcham o'lcham
O'lchami 50×59×118 mm, vazni atigi 112 g. Sumkaga yoki cho'ntakka sig'adi.
📦 To'plam
▪️ Asosiy blok
▪️ To'rsimon membranali eritma idishi
▪️ Kattalar uchun niqob
▪️ Bolalar uchun niqob
▪️ Og'izlik (mundshtuk)
▪️ USB Type-C kabeli
▪️ Foydalanish bo'yicha yo'riqnoma
🛡 Xavfsizlik va kafolat
▪️ Tibbiy buyum, CE belgisi, BF turidagi ishchi qism
▪️ Asosiy blokka 12 oy kafolat
⚠️ Diqqat
▪️ Dori vositasi va uning dozasini shifokor belgilaydi
▪️ Bolalar qurilmadan faqat kattalar nazorati ostida foydalanishi mumkin
▪️ Qurilma shaxsiy foydalanish uchun mo'ljallangan, undan faqat bir kishi foydalanishi kerak
▪️ Quyuq va yopishqoq suyuqliklar hamda pentamidin uchun mos emas
▪️ Anesteziya tizimlari va o'pkani sun'iy shamollatish (IVL) apparatlari uchun mo'ljallanmagan
▪️ Foydalanishdan oldin yo'riqnomani diqqat bilan o'qib chiqing

