Ushbu asar fransuz adibasi Jorj Sand qalamiga mansub. Asarda avval otasi, keyin esa turmush o‘rtog‘ining jabrdan azob chekkan ayolning hayoti haqida hikoya qilinadi.
Ba’zan inson yonida turgan, har damda unga dalda va ko‘mak bergan yaqinlarining mehr-u muhabbatini payqamaydi. Indiana ham o‘zini voyaga yetkazgan va ardoqlagan insonning portretiga uyining to‘ridan joy beradi-yu, uning borligini sezmaydi. Qalbini va hayotini baxsh etmoqchi bo‘lgan yigit esa uni kutmay boshqasiga uylanadi.
Keyin esa…

