• Organizmning immun tizimini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun.
• Virusli va bakterial infeksiyalarni majmuaviy oldini olish doirasida.
• Immunitetni qo'llab-quvvatlash
Flakon tarkibi:
Har bir 5 ml (1 choy qoshiq) quyidagilarni saqlaydi:
C vitamini 50 mg
Beta-glyukan 10 mg
E vitamini 5 mg
Rux 3,5 mg
Selen 15 mkg
Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Immutsink Imun quyidagi holatlarda ovqatga biologik faol qo‘shimcha sifatida qo‘llashga tavsiya etiladi:
- Organizmning immun tizimini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun.
- Jismoniy va aqliy toliqqanlik, holsizlik, astenik sindrom holatlarida.
- Virusli va bakterial infeksiyalarni majmuaviy oldini olish doirasida.
- Immun faollik pasayishi bilan kuzatib boriluvchi surunkali yuqumli kasalliklarni uzoq muddatli antibiotiklar bilan davolashda.
Mahsulot tarkibidagi beta-glyukan viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, parazitlar va kanserogenlardan himoya tizimini shakllantirib, immun javobni faollashtiradi. U, shuningdek, erkin radikallarni neytrallashtirib, antioksidan xususiyatlarga ega. Beta-glyukan shamollash holatlarini oldini olish uchun samarali, hamda jadal yoki surunkali stress davrlarida organizmning bardoshligini oshirishga yordam beradi.
Rux teri, sochlar va tirnoqlarning me’yorda voyaga yetishi, hamda yaralarning bitish jarayoni uchun zarur bo‘lgan betakror mikroelement hisoblanadi, chunki u oqsillar sintezida muhim rol o‘ynaydi va bosh miya hujayralarini shakllanishida va rivojlanishida ishtirok etadi. Rux preparatlari nerv tizimini faoliyat yuritishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
Selen – bu odam immun tizimini me’yordagi faoliyatini qo‘llab quvvatlash uchun zarur bo‘lgan va Q-10 koenzim sintezida ishtirok etuvchi muhim mikroelement hisoblanadi. U ko‘rish o‘tkirligini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, chunki ko‘zning to‘r pardasida saqlanadi. Selen 200dan ortiq fermentlar va gormonlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, bu unga organizmning turlicha organlari va tizimlarini faoliyatini tartiblashtirishga imkon yaratadi.
E vitamini – bu kuchli antioksidant bo‘lib, u erkin radikallar tomonidan keltirib chiqariluvchi shikastlanishlardan hujayra membranalarini himoya qiladi. U gem biosintezida ishtirok etadi, tromblar hosil bo‘lishini oldini oladi, gormonlar sinteziga yordam beradi va immun faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Ye vitamini antikanserogen ta’sir ko‘rsatadi va mushaklar to‘qimasini me’yorda faoliyat yuritishiga yordam beradi.
C vitamini – endokrin bezlarning faoliyatini faollashtiradi va moddalar almashinuvini barcha turlarini, qon ivishini, to‘qimalar regeneratsiyasi jarayonlarini, steroid gormonlar hosil bo‘lishini va kollagen sintezini tartiblashtiradi. C vitamini kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi va organizmning moslashuvchan imkoniyatlarini va uning infeksiyalarga bardoshligini yaxshilab, umum mustahkamlovchi samaraga ega.
Dozalash shartlari:
Davolash kursi 10-20 kunni tashkil qiladi.
6 oydan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 5 ml.dan (1 qoshiq) kuniga 1 marta.
8 yoshdan katta bolalarga: 5 ml.dan kuniga 2 marta.
Kattalarga: 10-15 ml.dan kuniga 1 marta.
Qo‘llash usuli:
QO‘LLASHDAN AVVAL FLAKONNI YAXSHILAB SILKITISH LOZIM.
Saqlash sharoitlari:
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Xona haroratida (25°C dan ortiq emas) quruq xonada saqlansin. Ochilgandan keyin sovutgichda saqlansin.

