Mazkur kitob ulug‘ vatandoshimiz, aqida-e’tiqod borasida mazhabboshimiz, “Kalom ilmining sultoni”, “Hidoyat imomi”, “Azizlar sultoni” deya e’tirof etilgan mujtahid alloma Imom Abu Mansur Moturidiyning ilmiy-ma’naviy merosi haqidagi tadqiqotlar to‘plamidir
Soha mutaxassislari Imom Moturidiy tafakkur olamining turli qirralarini, sog‘lom islomiy e’tiqod borasidagi qarashlarini ko‘pchilikka tushunarli ilmiy-ommabop uslubda yoritib berishgan
Ishonchimiz komilki, ushbu kitobni mutolaa qilgan har bir musulmon muqaddas Islom dini ilm-ma’rifat, tinchlik-ofiyat, mehr-oqibat va saodat dini ekaniga yana bir bor amin bo‘ladi

