Imom G'azzoliyning "Dunyo va uning haqiqati" asari insonni o'tkinchi hayot sirlaridan ogohlantiradi. Unda dunyo ziynatlarining jilvalanishi pardasida yashiringan fano va aldovlar, hoyu-havasning achinarli oqibatlari rad etilmas dalillar orqali isbotlangan.
Muallif Qur’oni Karim oyatlari, sahobalar va tobeinlar hikmatlari hamda falsafiy mulohazalari orqali insonni uyg'oqlikka, qalb pokligiga va boqiy saodatga chaqirib, dunyo moliga mahliyo bo'lmaslikka undaydi.
Asar o'quvchini bir savol ustida mushohada qilishga chorlaydi: inson dunyoda necha kun mehmon? Boqiy saodatga erishish uchun foniy dunyoda bani bashar ahli qanday hayot kechirmog'i joiz?
Muhtaram o'quvchi! Qo'lingizdagi mazkur risolada shu savollarga javob topa olgan bo'lsangiz, demak, siz marifat yo'lidasiz!
ISBN : 9789910871122
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 96
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Iqro-Nashr
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Abu Homid G'azzoliy

