Bu kitobda diyorimiz musulmonlari amal qilayotgan hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zamning hayot yo'li, ko'rsatmalari ilmiy manbalar asosida sodda bayon etilgan.
Abu Hanifa hazratlarining hayoti va faoliyati asosan sakkizinchi asrga to'g'ri keladi. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, u zot Islom tarixida o'z fiqhiy maktabini yaratgan sakkizinchi asrning buyuk siymolaridan biridir.
Shuningdek, kitobga Imomning asarlaridan namunalar, shogirdlariga nasihatlari, zamondoshlari xotirasi ilova qilinadi. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

