«Bandalari orasida Allohdan ulamolargina qo‘rqarlar», deb marhamat qilgan Allohga hamd-u sanolar bo‘lsin!
«Ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir», deb olimlarning darajasini bildirib ketgan Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Allohning salavot-u salomlari bo‘lsin!
Dinni yetkazishdek og‘ir mas’uliyatni chiroyli ado qilgan olim sahobalardan Alloh rozi bo‘lsin.
Ma’lumki, yurtimizda o‘n ikki asrdan buyon ibodatlar hanafiy mazhabi asosida ado etib kelinadi. Hanafiy mazhabining yurtimizga kirib kelish tarixi hijriy 150-217 sanalarda yashab o‘tgan Abu Hafs Kabir rahmatullohi alayh bilan bog‘liqdir. U kishi imom Muhammad rahmatullohi alayhdan hanafiy fiqhini o‘rganib, Buxoroga kelganlarida mana shu mazhab bo‘yicha ta’lim berdilar. Natijada ushbu fiqhiy yo‘nalish yurtimizda rasmiy ibodat qilinadigan mazhabga aylandi. Movarounnahrda hukmronlik qilgan necha-necha xonlar, podshohlar va ularning fuqarolari aynan hanafiy mazhabi asosida ibodat qilib kelishgan.
So‘nggi paytlarda hanafiy mazhabini qorala

