• IMMUNOCOMPLEX® KIDS- Bola immunitetini mustahkamlash uchun maxsus kompleks - o’z ichida zinc, C vitamin, probiotiklar va prebiotiklar saqlaydi
• Mavsumiy epidemiyalar davrida infeksiyalardan himoya qilish uchun
• Mavsumiy allergiya davrida
• Tez-tez kasal bo'ladigan bolalarga. Emlashdan so’ng. Kasallikdan keyin, jarrohlik operatsiyalaridan keyin tiklanish uchun
IMMUNOCOMPLEX® KIDS – bola immunitetini mustahkamlash uchun maxsus kompleks bo’lib, o’z ichida zinc, C vitamini, probiotiklar va prebiotiklar saqlaydi.
Zinc – hayot uchun muhim mikroelement, Zinc mustahkam immun himoyasi uchun zarurdir, chunki u immun tizimi javoblarining har bir bosqichida ishtirok etadi, jumladan, timus (timulin) gormonini faollashtirish, tug’ma immunitet, neytrofillar, T-hujayralar va NK-hujayralar faoliyatida ishtirok etadi. Zinc hujayralarga energiya yetqazilishini ta’minlaydi, regeneratsiya va to’qimalar yaxlitligi tiklanishini tezlashtiradi.
C vitamini (askorbin kislotasi) kuchli antioksidant bo'lib, hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladi, ko'plab oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi, immunitetni mustahkamlaydi, ayniqsa, Selen va Zinc bilan birgalikda organizmning moslashuvchanligi va qarshilik ko’satish qobiliyatini yaxshilaydi. Qon tomirlari va yurakni mustahkamlaydi, regeneratsiyaga ko’maklashadi.
Probiotiklar: IMMUNOCOMPLEX® KIDS takibidagi 8 turdagi probiotiklar (foydali bakteriyalar), keng ko'lamli patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning antagonistlari hisoblanib, ichak bioqobig’ini mustahkamlash orqali zararli mikroblar va toksinlarning kirib borishini oldini oladi, immunitetni mustahkamlaydi, ichak hujayralarini sog’lomlashtiradi, ovqat hazm qilish tizimini va foydali moddalarning so'rilishini yaxshilaydi.
Prebiotiklar: inulin va maltodekstrin IMMUNOCOMPLEX® KIDS probiotiklari uchun ajoyib ozuqa vositasi va o'sish stimulyatori hisoblanib, ularning ichaklarda yuqori darajada yashab qolish qobiliyatini ta'minlaydi. Ichak mikroflorasini tiklashga yordam beradi. Mikrokristall sellyuloza (MKS) kuchli bioadsorbent hisoblanadi. Mikroblar, allergenlar va toksinlar qoldiqlarini organizmdan chiqarib tashlanishiga yordam beradi.
TARKIBI:
Sinbiotik kompleks:
Prebiotiklar: inulin, maltodekstrin.
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, fruktoza, glyukoza
Qo’llanilishi:
• immunitetni normallashtirish va mustahkamlash uchun;
• mavsumiy epidemiyalar davrida infeksiyalardan himoya qilish uchun;
• tez-tez kasal bo'ladigan bolalarga. emlashdan so’ng;
• kasallikdan keyin, jarrohlik operatsiyalaridan keyin tiklanish uchun
• mavsumiy allergiya davrida.
Qo'llash usuli:
• 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga - pediatr tavsiyasiga ko'ra;
• 1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarga - kuniga 1 stik;
• 4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga - kuniga 2 stik.
Ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin iste’mol qilinsin.
Tavsiya etiladigan qabul qilish muddati 20-30 kun.
Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual ravishda belgilanishi mumkin.
Iste'mol qilishdan oldin 20-50 ml sovutilgan suyuqlikda (qaynagan suv, sut, bolalar ovqati) aralashtirilsin. 40 °C dan yuqori haroratda bakteriyalar halok bo'lishi mumkin. Hosil qilingan aralashmani yaxshilab aralashtirib, bir martada qabul qilinsin (bolaga ichirilsin). Preparat qo'shib tayyorlangan aralashmani keyingi safar foydalanish uchun qoldirish mumkin emas.
Kukun suyuqlikda to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlariga bog'liq bo'lgan tabiiy va normal holatdir.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Saqlash sharoiti: Havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo'lmagan va +5 °С dan +25 °С gacha bo'lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: chiqarilgan kundan boshlab 2 yil.
Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi bo’lib hisoblanmaydi.
Germaniyaning DQS (Deutsche Gesellschaft zur Zertifizierung von Managementsystemen) tomonidan sertifikatlangan sifat menejmenti tizimiga ega korxonada ishlab chiqarilgan. GERMANIYANING BIOTACT DEUTSCHLAND GMBH LITSENZIYASI VA NAZORATI OSTIDA ISHLAB CHIQARILGAN.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan.

