Imalent GR35 — har kuni olib yurish uchun yupqa fonar boʻlib, u birdaniga toʻrtta qurilma vazifasini bajaradi: kuchli fonar, qizil lazer koʻrsatkich, ultrabinafsha fonarcha va favqulodda signal. Yassi korpus choʻntakka qulay sigʻadi, qisqich va magnit esa uni kiyimga, kapotga yoki metall yuzaga mahkamlash imkonini beradi.
Imkoniyatlari:
• 2800 lyumengacha oq yorugʻlik, nur uzoqligi 426 m gacha
• Lazer — obyektlarni koʻrsatish, moʻljal olish va signal berish uchun
• 365 nm ultrabinafsha — pul va hujjatlarni tekshirish, avtomobilda dogʻ va suyuqlik oqishini topish
• Qizil-koʻk miltillovchi signal — yoʻlda toʻxtaganda va favqulodda vaziyatlarda
• 6 ta yorqinlik darajasi va stroboskop, bitta tugma bilan boshqarish
• Tasodifiy yoqilishdan himoya (bloklash)
• Ichki akkumulyator, USB-C orqali quvvatlash, quvvatlanayotganda ham foydalanish mumkin
• IPX7 suvdan himoya (1 m gacha choʻktirish)
• Aviatsiya alyuminiydan korpus, toblangan mineral shisha
• Korpusda magnit, choʻntak qisqichi
Sayohat, kemping, garajda ishlash uchun hamda avtomobil ishqibozlariga sovgʻa sifatida mos.
Xususiyatlari (ishlab chiqaruvchi maʼlumotlari):
• Maksimal yorugʻlik oqimi: 2800 lm
• Nur uzoqligi: 426 m
• Ultrabinafsha: 365 nm
• Himoya: IPX7
• Fonar oʻlchamlari: 127 × 30 × 16,6 mm
• Quvvatlash: USB-C
Toʻplam: Imalent GR35 fonari, USB-C – USB-C kabel, bogʻich, yoʻriqnoma.

