Muallif: Rendi Kerk
Janri: Biznes, tadbirkorlik, shaxsiy samaradorlik
Til: Rus tili
Sahifalar soni: 256
Yosh: 16+
Muqova: Yumshoq
Format: Bosma kitob
"Ilon Mask usuli" kitobida Ilon Maskni zamonamizning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan biriga aylantirgan biznes yuritish tamoyillari batafsil yoritilgan. Muallif Rendi Kerk innovatsiyalar, yetakchilik, strategik fikrlash va muhim qarorlar qabul qilish bo‘yicha Ilon Mask qo‘llaydigan 16 ta asosiy tamoyilni tahlil qiladi. Kitob orqali ulkan maqsadlarni belgilash, biznesni rivojlantirish, jamoani samarali boshqarish, foydali aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda g‘oyalarni muvaffaqiyatli loyihalarga aylantirish usullarini o‘rganishingiz mumkin. Ushbu nashr tadbirkorlar, rahbarlar, startap asoschilari va biznesda muvaffaqiyatga erishishni istagan barcha kitobxonlar uchun foydali hisoblanadi.

