Kitob haqida
Tesla Motors va SpaceX asoschisi va bosh direktori, jahon biznesi timsoli Ilon Maskning so‘zlarini o‘qib, zamonamizning eng yorqin tadbirkorlaridan birining ongiga nazar soling. PayPal kabi internet kompaniyalarida birinchi boyligini orttirgan, kelib chiqishi Janubiy Afrikadan bo‘lgan tadbirkor Ilon Mask biz bilgan hayotni va insoniyat kelajagini yaxshilash missiyasini amalga oshirayotgan ikkita kompaniya - Tesla Motors va SpaceX kompaniyalarining shijoatli xayolparasti va bosh direktori sifatida dunyo miqyosida shuhrat qozondi. Endi bu tashabbuskor muhandisning eng teran, samimiy va o‘ylantiradigan so‘zlari bitta kitobda jamlangan. Bu "Haqiqiy Toni Stark" deb ataladigan insonning ichki dunyosiga oid to‘liq qo‘llanma. Uning yuzlab eng sara iqtiboslari, jumladan, biznes, toza energiya, innovatsiyalar, muhandislik, texnologiyalar, koinot, elektromobillar, tadbirkorlik, hayot saboqlari va boshqa ko‘plab mavzularga oid mulohazalari Silikon vodiysining eng shijoatli tadbirkori bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

