Fukuzava xalqni savodsizlik va qoloqlikdan chiqishga, Gʻarb taraqqiyotini oʻrganib, uni Yaponiya sharoitiga moslashtirishga chaqiradi. Muallif ilm-fan va taʼlimni shaxsiy erkinlik, iqtisodiy farovonlik hamda milliy mustaqillikning poydevori sifatida talqin qiladi.
Shu bois «Ilmga chaqiriq» XІX asr oxiri va XX asr boshidagi Yaponiya modernizatsiyasi jarayonida muhim dasturulamal asar sifatida qadrlanadi.

