«Ilmga chaqiriq» yapon ma’rifatchisi Yukichi Fukuzava qalamiga mansub eng mashhur asarlardan biridir. Unda ilm, ta’lim va mustaqil tafakkurning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritiladi.
Fukuzava xalqni savodsizlik va qoloqlikdan chiqishga, G‘arb taraqqiyotini o‘rganib, uni Yaponiya sharoitiga moslashtirishga chaqiradi. Muallif ilm-fan va ta’limni shaxsiy erkinlik, iqtisodiy farovonlik hamda milliy mustaqillikning poydevori sifatida talqin qiladi.
Shu bois «Ilmga chaqiriq» XIX asr oxiri va XX asr boshidagi Yaponiya modernizatsiyasi jarayonida muhim dasturulamal asar sifatida qadrlanadi.

