Hadisi sharifda ta’kidlanganidek, “Ilm o‘rganish har bir musulmonga farzdir”. Ma’lumki, har bir ishni mukammal bajarish uchun turdosh fanlarni o‘rganish asosiy omil hisoblanadi. Inson hamma ilmlarni o‘rganishi shart emas. Balki u hozir qilinadigan ishning ilmini bilishi kerakdir. Shunda qilgan ishi ilm asosida qilingani uchun nuqson va nuqsonlardan xoli bo‘ladi va mukammal bo‘ladi.

