Hadisda aytilganidek, ilm olish har bir musulmon uchun farzdir. Zarur diniy ilmlarni o‘rganish insonning ibodat va amallarini to‘g‘ri ado etishiga yordam beradi. Har bir inson barcha ilmlarni o‘rganishi shart emas, balki ayni paytda o‘ziga zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi kifoya. Shunda uning amallari ilm asosida bajarilib, xatolardan holi va mukammal bo‘ladi.
Ushbu kitob ilm olish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, o‘qish va diniy bilimlarini oshirishni istagan har bir kishi uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi, inshaalloh.

