Hayot murakkab, ayni paytda ajoyib va g‘alati voqealarga to‘la. Haqiqiy voqealarga asoslangan ushbu hikoya Vafo ismli o‘smirning goh g‘amgin, goh quvonchli hayotini tasvirlaydi. Ehtimol, siz shunday bolalikning guvohi bo‘lgandirsiz yoki boshdan kechirgandirsiz? Agar shunday bo‘lsa, siz bu hikoyani o‘zingiz haqingizdagi hikoya sifatida qabul qilasiz va undan zavq olasiz. Agar bolaligingiz boshqacha bo‘lgan bo‘lsa, asar qahramoni akangiz yoki eng yaqin do‘stingiz bo‘ladi.

