Asosiy xususiyatlari va afzalliklari
- Chuqur tozalash: mikromolekulyar formulasi tufayli faol moddalar mato tolalariga chuqur kirib boradi va hatto eng qiyin hamda o‘tirib qolgan dog‘larni ham ketkazadi.
- Xavfsiz va gipoallergen: vosita tarkibida agressiv kimyoviy komponentlar va fosfatlar mavjud emas. Sirt faol moddalari (PAV) kokos moyi asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu gelni sezuvchan teri uchun xavfsiz qiladi va allergiya keltirib chiqarish xavfini oldini oladi.
- Matoni asrash: gel kiyimlarning yumshoqligini saqlaydi, tolalar tuzilishini himoya qiladi va kiyimlarning rangi yorqinligini yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaydi.
- To‘liq chayilishi: vosita me’yorda ko‘pik hosil qiladi va 2–3 marta chayilganda suv bilan osongina ketadi. Kiyimlarda oq dog‘lar va kimyoviy moddalar qoldig‘ini qoldirmaydi.
- Tejamkorlik: yuqori konsentratsiyali bo‘lgani sababli, bir marta kir yuvish uchun juda kam miqdorda gel sarflanadi.
Mo‘ljallanganligi
Ham kir yuvish mashinasida, ham qo‘lda yuvish uchun mos keladi. Uni ko‘plab turdagi matolar uchun ishlatish mumkin (nozik matolar, ipak va jundan tashqari). Hatto sovuq suvda ham kirni juda yaxshi tozalaydi.
Qo‘llash usuli va dozasi
1 kg hajmdagi standart qadoq tejamkor sarfi tufayli uzoq vaqtga yetadi:
- Kir yuvish mashinasida: bir marta o‘rtacha kir yuklash uchun (tahminan 8–10 dona kiyimga) 25–30 ml vosita yetarli.
- Qo‘lda yuvish: 3–5 litr suvga 10–20 ml vosita solib eritiladi, kiyimlar botirib qo‘yiladi, so‘ngra yuvilib, toza suvda 2–3 marta chayiladi.
iLiFE brendi liniyasida boshqa suyuq vositalar ham mavjud (masalan, idish-tovoq va sabzavotlarni yuvish uchun konsentrlangan vosita, quvurlarni, oshxona va santexnikani tozalash uchun suyuqliklar).