Kir yuvish kukuni tavsifi
Murakkab kirlarni samarali tozalaydi va antibakterial ta’sirga ega.*
Kukun formulasi sirt faol moddalar va maxsus antibakterial komponentlarni o‘z ichiga oladi. Ular mato tolalariga tez kirib borib, kir va dog‘larni chuqur yuvib chiqaradi, shuningdek, bakteriyalar ko‘payishini to‘xtatadi*.
*Antibakterial faollik deganda, vositaning laboratoriya sharoitida Escherichia coli va Staphylococcus aureus bakteriyalari o‘sishini samarali to'xtatish qobiliyati tushuniladi.
Asosiy afzalliklari:
- Turli xil dog‘larni samarali ketkazadi.
- Qon dog‘lariga qarshi kurashishda samarali.
- Yog‘li dog‘larni oson tozalaydi.
- Antibakterial himoyani ta’minlaydi.
Qo‘llash usuli:
- Kir yuvish mashinasida: Vositalardan kiyim yorlig‘idagi ko‘rsatmalarga muvofiq foydalaning.
- Qo‘lda yuvish: Kerakli miqdordagi kukunni suvda eritib oling. Kiyimlarni 5–10 daqiqa davomida ivitib qo‘ying, so‘ngra ehtiyotkorlik bilan yuving. Buyumlarni yaxshilab chayib, siqing va salqin, havo yaxshi aylanadigan joyda quriting.
Ehtiyot choralari:
- Yuvishdan oldin kiyim yorlig‘idagi parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishib chiqing.
- Rangi chiqadigan kiyimlarni alohida yuving. Ishlatishdan oldin matoning ko‘rinmaydigan qismida (ichki tomonida) rang chidamliligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi.
- Qadoqni mahkam yopilgan holda, bolalar va uy hayvonlari qo‘li yetmaydigan salqin va quruq joyda saqlang.
- Istemol qilinmasin! Tasodifan yutib yuborilganda darhol shifokorga murojaat qiling. Ko‘zga tushishidan saqlaning. Ko‘zga tushgan taqdirda, darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuving. Agar qichishish yoki noqulaylik o‘tib ketmasa, shifokor bilan maslahatlashing.