Ko‘pincha shifokorlar o‘zlarini faqat bemor organizmidagi turli kasalliklar va jarohatlar bilan kurashuvchi mutaxassis deb hisoblaydilar va shu bir tomonlama yondashuv bilan cheklanib qolish oqibatida samarali natijaga erisha olmay, turli kimyoviy preparatlarni ko‘paytirish yoki birining o‘rniga ikkinchisini qo‘llash orqali yechim izlaydilar. "Shunday emasmi?" deb so‘rashingiz mumkin. Albatta, yo‘q. Hozirgi davrda Abu Ali ibn Sino va tibbiyot ilmining boshqa ajdodlari har bir bemorning o‘ziga xos fe’l-atvori, ruhiyati, yashash muhiti va eng muhimi, qalb jarohatlarini hisobga olganliklari unutilgan.Ha, inson qalbidagi jarohat bitmaguncha juda qiyin Qo‘lingizdagi kitob hamisha insoniylikni birinchi o‘ringa qo‘ygan, o‘z hayotidagi oq-qorani, xato-kamchiliklarni, yaxshi-yomonni yashirmay, asl qiyofasini ochiq-oydin tasvirlagan shifokor haqida; ham inson, ham shifokor sifatida o‘zini topgan shifokor haqida. U xorijdan kelgan ko‘plab yuqori maoshli takliflarni rad etib, boriga qanoat qilib, o‘z vatanida xizmat qilgan kam sonli shifokorlardan biri edi. Darhaqiqat, o‘z ildizini yo‘qotgan - o‘zligini yo‘qotgan!

