Campsis radicans, ildiz otadigan kampsis, ildiz otadigan tekoma - Shimoliy Amerikada o‘sadigan yirik, chiroyli gulli yog‘ochlanuvchi liana, Bignoniaceae oilasiga mansub.
Poyalarida ko‘plab havo ildizlari bo‘lgan o‘simlik, ular yordamida tayanchga yopishib, 15 m gacha balandlikka ko‘tariladi. Barglari toq patsimon, uzunligi 20 sm gacha, 9-11 ta bargchadan iborat, ustki tomoni och yashil, tuksiz, pastki tomoni ochroq, yoppasiga tukli yoki faqat tomirli. Yirik voronkasimon gullari diametri 5 sm gacha, uzunligi 9 sm gacha, gultoji yorqin zarg‘aldoq va och qizil rangli, 10-15 tadan guldan iborat.
Gullash iyun oyida boshlanib, sovuq tushguncha davom etadi. U mo‘l va rang-barang bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, liana novdalarida bir vaqtning o‘zida ham g‘uncha, ham gul, ham meva bo‘ladi. Mevalari (ikki pallali ko‘saklari) 1—2 oyda yetiladi. Ularni yig‘ib, qopchalarga solib, quruq joyda saqlanadi. Bir oz vaqt o‘tgach, ko‘saklar yoriladi va ulardan qanotli urug‘lar to‘kiladi.
Urug‘lardan kampsisni qanday yetishtirish mumkin
Urug‘ nam tuproqqa plyonka ostiga ekiladi. Harorati +22°C dan past bo‘lmagan issiq joyda, quyoshli joyda yoki yorug‘lik yordamida o‘stiriladi. ° Ular 8 hafta davomida unib chiqadi, shuning uchun ekishdan oldin urug‘ va tuproqni sterillash tavsiya etiladi.
Dastlabki vaqtda nihollarni soyalab, asta-sekin quyosh tushadigan joyga qo‘yish kerak. Kampsis 2-3-yili gullaydi.
Qanday parvarish qilinadi
Ayniqsa, sernam va o‘rtacha nam tuproqlarda tez o‘sadi. Yorug‘sevar. Kesishga chidamli. Sovuqqa yetarlicha chidamli, haroratning -30°C gacha qisqa muddatli pasayishiga bardosh beradi. °
Tik o‘suvchi, shtambli daraxt shaklida o‘stirilishi mumkin. Pastki yarusi ochilib qolmasligi uchun 5—6 yilda bir marta liananing hamma novdalari kalta qilib qirqiladi va har yili bahorda o‘tgan yilgi novdalardan 2 kurtak qirqib tashlanadi.

