“AURA” Ushbu kitobda har qanday kishini o‘ylantirgan muammolar: o‘zlikka va o‘zgalarga bo‘lgan ishonch, hurmat, muhabbat, nafrat tuyg‘ulari, ularning sabablari yetarlicha tadqiq etilgan. Uni o‘qib bo‘lgach, tomirlaringizda jo‘sh urgan jasorat bilan avvalo o‘zingiz bilan yuzlashasiz, so‘ngra qo‘rqqaningiz muammolarni tahlil etasiz, hal qilasiz. Kitobning ilk sahifalarini varaqlagan damdan boshlab, aslida o‘z hayotingizdagi yangi imkoniyatlarni ochganingizni anglab yetasiz.

