MAGGI® IKKINCHI TAOM. SARIMSOQLI QOVURILGAN MOL GO'SHTI UCHUN QURUQ ARALASHMA.
Sizga kerak bo'ladi:
500 g mol go'shti
500 g kartoshka
300 g sabzi
300 g piyoz
Tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalar:
1. Mol go'shtini mayda to'g'rab, piyozni yarim halqa shaklida, sabzini yarim doira shaklida va kartoshkani to'rtburchak shaklida to'g'rab oling.
2. Go'sht, piyoz va sabzini oldindan qizdirilgan qozonda yoki chuqur tovada ozgina o'simlik moyi bilan 10-15 daqiqa davomida qovuring. Keyin kartoshkani qo'shing.
3. Paketdagi narsalarni va 150 ml suvni qozonga yoki tovaga soling. Yaxshilab aralashtiring.
4. Qaynab chiqquncha qizdiring, olovni pasaytiring va qopqoq bilan yopib, 50-60 daqiqa davomida vaqti-vaqti bilan aralashtirib, yumshoq bo'lguncha qaynatib oling.

