Uyingizda haqiqiy shinamlik va qulaylik muhitini yarating. Xiltan brendidan ikki tomonlama o'rin-ko'rpa jamlanmasi nafaqat chiroyli dizayn, balki yuqori sifatli matosi bilan ham sizni xursand qiladi.
Asosiy afzalliklari:
- Ikki tomonlama dizayn: Bir vaqtning oʻzida ikki xil uslub! Istaganingizcha ustki va ostki qismini almashtirib, yotoqxonangiz kayfiyatini oʻzgartiring.
- Yuqori sifatli mato: Mayin va nafas oluvchi mato teriga yoqimli teginadi, qulay va osuda uyquni ta'minlaydi.
- Mukammal va puxta tikuv: Barcha choklar va detallar yuqori aniqlikda va sifat bilan tikilgan.
- Zamonaviy va stilni dizayn: Zaytun rangidagi nafis barglar va iliq oltin tusli kombinatsiya har qanday interyerga mos tushadi.
Ushbu jamlanma oʻzingiz uchun ham, yaqinlaringiz uchun ajoyib va foydali sovgʻa boʻla oladi!
Toʻplam tarkibi va oʻlchamlari:
- Pododeyalnik (koʻrpa-jild): 200 x 230 cm (1 dona)
- Prostina (choyshab): 250 x 250 cm (1 dona)
- Navolochka (yastiq-jild): 48 x 72 cm (2 dona)
