Dekorativ ruchkalar to‘plami bir nechta rangdan iborat bo‘lib, har bir ruchka ikki xil uchga ega. Bir uchi oddiy yozish uchun, ikkinchisi esa naqshli chiziqlar va bezaklar chizish uchun mo‘ljallangan.
Ular konspekt yozish, kundalik bezash, kartochkalar tayyorlash va ijodiy ishlar uchun juda qulay. Yorqin ranglar yozuvlarni ajratib ko‘rsatishga yordam beradi.
Quyidagilar uchun mos:
• maktab va universitet
• ofis yozuvlari
• kundalik va planner
• rasm chizish va ijod

