Mazkur asarda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xilqatlari, yuksak axloqiy va ma'naviy fazilatlari, shu bilan bir qatorda, u zot alayhissalomning o‘z hayot yo‘llarida bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, asl Islom dinining mohiyati hisoblanadigan insonparvarlik tamoyillarini ko‘rsatib berishda barchaga namuna bo‘lganliklari oyat va hadislar vositasida tushunarli tarzda bayon qilib berilgan. Hadislar manbai aniq ko‘rsatilgan. Zarur o‘rinlarda kerakli izohlar berib borilgan.
Shuningdek, ushbu asarda xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bag‘rikenglik va odamiylik, o‘zaro hurmat tuyg‘usiga asoslangan munosabatlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nechog‘liq katta e'tibor berganlari u zotning hayotlaridan olingan lavhalar vositasida bugungi kun kitobxoniga batafsil yoritib berilgan. Bu esa o‘z navbatida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siymolarida bugungi kundagi turli buzg‘unchi oqim va toifalarning da'volariga batamom zid ravishda ilohiy ta'limotlarni o‘z hayoti va jamiyatda munosib tarzda tatbiq eta olgan yuksak ma'naviyatli shaxsni o‘quvchi ongida gavdalantirib beradi.
Sahifalar: 368
Nashr etilgan yili: 2021

