• To‘liq va ta’sirli bayon — Muhammad (s.a.v.) hayotlari chuqur hurmat va muhabbat bilan yoritilgan.
• Oddiy va tushunarli tilda yozilgan — har bir o‘quvchi oson anglay oladi.
• Saxifalar: 688
• O'lchami: 27х20
“Ikki olam quyoshi — Muhammad alayhissalom hayotlari” — bu taniqli muallif Sayfiddin Sayfulloh tomonidan yozilgan, mazmunan chuqur va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan asardir. Bu kitob Payg‘ambarimiz Muhammad (sallallohu alayhi vasallam)ning muborak hayot yo‘llarini cheksiz hurmat, ilmiy asos va samimiy muhabbat ila yoritib beradi. Islomiy kitoblar orasida siyrat mavzusiga bag‘ishlangan eng muhim manbalardan biri sifatida qadrlanadi.
Asarda Rasululloh (s.a.v.)ning muborak tavalludlaridan to bu dunyodan o‘tgunlariga qadar bo‘lgan har bir bosqich — pokiza bolalik yillari, u zotga ilohiy vahiyning kelishi, Islom dinining tarqalishidagi mashaqqatlar va zafarlar, eng yaqin sahobalar bilan munosabatlari, ularning ibratli hayotlari va insoniyat uchun qoldirgan beqiyos meroslari haqidagi voqealar ishonchli hadislarga asoslangan holda batafsil bayon etilgan. Bu kitoblar turkumi Payg‘ambarimizning hayotlarini chuqur o‘rganish uchun mukammal qo‘llanmadir.
Bu dinniy kitob nafaqat tarixiy va diniy ma’lumot manbai, balki o‘quvchining qalbiga iymon nuri, ruhiga taskin va hayotiy kuch bag‘ishlaydigan ilhom manbaidir. Asar kishini yuksak ahloq, sabr, mehr-shafqat, adolat kabi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sifatlariga ergashishga da’vat etadi. Kitoblar diniy ma’rifat va ibratni o‘zida mujassam etgan. Bu китоблар turkumi iymonni mustahkamlash va haqiqiy saodatga erishish yo‘lini izlayotganlar uchun eng qimmatli diniy kitoblar qo‘llanmasi bo‘lib xizmat qiladi.
Xususiyat
Ma’lumot
Muallif
Sayfiddin Sayfulloh
Mavzu
Muhammad (s.a.v.) siyratlari
Yozish Tili
O‘zbekcha (kirill yozuvida)
Sahifalar Soni
688 (Siyratning barcha jihatlarini qamrab olgan katta hajm)
Hajmi
27 x 20 sm (O‘qishga juda qulay, katta format)
Turi
Islomiy siyrat, dinniy kitoblar, kitob

