Ikki konturli Casela gaz qozoni — zamonaviy isitish va issiq suv ta’minoti uchun eng ishonchli tanlovlardan biridir. Ushbu modelning asosiy afzalligi shundaki, u eng past gaz bosimi 0.2 bar sharoitida ham bemalol va barqaror ishlay oladi. Bu esa qozonni gaz bosimi past hududlar uchun ayniqsa qulay qiladi.
Casela katyoli Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yig‘ilishi Xitoyda, ehtiyot qismlarining esa asosiy qismi ichki Germaniya ishlab chiqarishidir. Qozon ikki dona issiqlik almashinuvi (teploobmennik), mustahkam latun gidrobloklari, bardoshli mis quvurlar va zanglamaydigan materiallardan tayyorlangan detallar bilan jihozlangan. Bu esa uning uzoq muddatli va ishonchli ishlashini kafolatlaydi.
Xaridorga 2 yillik rasmiy kafolat va yana 2 yil davomida bepul servis xizmati taqdim etiladi. Bundan tashqari, qozon to‘liq komplekt ko‘rinishida yetkazib beriladi: stabilizator, gaz reduktori, gaz filtri, gaz shlangi va dimoxod xaridorga bonus sifatida qo‘shib beriladi.
Casela katyollari — bu zamonaviy texnologiya, yuqori sifat va ishonchlilikni o‘zida mujassam etgan isitish tizimi bo‘lib, uy va ofislar uchun ideal yechim hisoblanadi.

