• Yumshoq muqova. O‘zbek tilida. 224-bet
1. „Ikki karra ikki – besh“ (hajviy qissa)
„Nurli dunyo“ nashriyot uyi O‘tkir Hoshimovning asarlarini chop etishni rejalashtirgan. Qo‘lingizdagi kitobdan adibning „Ikki karra ikki – besh“ nomli hajviy qissasi o‘rin olgan. Asar qahramonlari Qo‘shoqvoy va Shodivoyning do‘stligi beg‘araz. Ammo rais buva – Shodivoyning dadasi bu do‘stlikdan o‘zining g‘arazli maqsadi yo‘lida foydalanadi. Nima uchun? Nima sababdan rais buva Qo‘shoqvoyga o‘qishga kiritaman, deb va’da beradi-yu, va’dasi bajarilmaydi?
Bu savollarga javobni ushbu kitobdan topasiz.

