Atrof-muhitning salbiy ta’siri sochlarga zarar yetkazadi, natijada ular quruq va mo’rt ko’rinish hosil qiladi. Sochlarni to’liq tiklash, sog’lom va chiroyli ko’rinishiga erishish uchun Éclairning ikki fazalik “Hair Gloss” konditsioner-purkagichi juda mos keladi. Atirgul ekstraktining kuchaytirilgan ta’siri tufayli mahsulot sochlaringizni to’liq oziqlantiradi, parvarishlaydi, sog’lom yorqinlik beradi va oson taralishini ta’minlaydi.

