"Tezkor pochta xizmati arzimagan to‘lov evaziga yukingizni har qanday joyga eson-omon yetkazib beradi!
Kichik eslatma: yukingiz og‘irligi 70 kilogrammdan oshmasligi lozim!"
Do‘sti Mahmudga sovg‘a jo‘natmoqchi bo‘lgan Jamol bu e’lonni o‘qib, xursand bo‘lib ketdi.
Ammo u e’lon ostida kichik harflar bilan yozilgan eslatmaga e’tibor qaratmadi. Ana shundan keyin uning uchun kutilmagan sarguzashtlar boshlanib ketdi...

