• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: eco
• Sahifalar 290
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Kitob Russ tilida
• Xatcho‘p Hadya
• Batafzil o'qing😊
Joan Rouling bu ertakni o‘n yil davomida - Garri Potter haqidagi kitoblar orasidagi tanaffuslarda yozgan. Nashr "Ikabog" xalqaro illyustratsiyalar tanlovida g‘olib bo‘lgan bolalarning rangli rasmlari bilan to‘ldirilgan.
Oltin sochli qirollar avlodidan bo‘lgan jasur Fred mo‘jazgina Kornikopiya davlatida hukmronlik qiladi. U o‘ziga laqabni o‘zi tanladi, chunki bu unga yoqimli tuyuldi va ismiga mos keldi. Bundan tashqari, yosh qirol haqiqatan ham o‘zini qo‘rqmas deb hisoblardi, chunki bir kuni ulkan... shersheni o‘z qo‘li bilan yer tishlatgan edi.
Kornikopiyada Ikabog laqabli mash’um maxluq haqida dahshatli afsonalar yuradi. Maxluq qirollikning shimolida, tumanli botqoqliklar orasida yashaydi, olovdan nafas oladi, zahar tupuradi va quloqni qomatga keltirib irillaydi, bolalar va qo‘ylarni yeydi, lekin uning tinchligini buzishga jur’at etgan ehtiyotsiz kattalardan ham jirkanmaydi. Ikabogning tashqi ko‘rinishini hech kim bilmaydi, ammo u bilan uchrashish yaxshilikka olib kelmasligiga hamma ishonadi. Kornikopiyada qayg‘uli voqealar sodir bo‘la boshlaganda, qirollik aholisi bir ovozdan hamma aybni Ikaboga to‘nkaydi.
Ammo maxluq haqiqatan ham mavjudmi? Uning asl mohiyati nimada? Afsonalarning to‘g‘riligini sinab ko‘rish uchun qirol Freddan farqli o‘laroq, ikki haqiqiy jasur bola shimoliy botqoqliklarga xavfli sayohatga yo‘l oladilar...

