“Ijarachi (Uayldfel Xoll ijarachisi)” – ingliz adibasi Anna Brontening 1848-yilda nashr etilgan epistolyar romanidir. Asar nashrdan keyin katta muvaffaqiyatga erishdi. U jamiyatga ko‘zgu tutgan asarlardan biri. Roman hikoya ichida hikoya shaklida qurilgan. Uning nashr etilishi o‘z davri uchun juda dadil qadam bo‘lib, bugungi kunda ham dolzarbligicha qolyapti.
Uzoq vaqtdan beri qarovsiz yotgan ko‘hna uy – Uayldfel Xollda to‘satdan qora kiyimdagi yosh ayol paydo bo‘ladi. Mutolaa davomida bu ayolning og‘riqli o‘tmishi bilan tanishar ekansiz, u ham baxtga munosib edi, deb o‘yga cho‘masiz. Atrofingizda hamon shunday ayollar yashayotganini ko‘rib, sergak tortasiz.
Qattiq muqova
544 bet
BOOKTOPIA nashriyoti
Kitob qog'ozi - ko'zni og'ritmaydigan, sariq

