• Muallif: Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy Nomi: «Ihyou ulumid din» (Dunyoni anglash) Nashriyot: «Sharq» Sana: 2020 yil Hajmi: 320 bet ISBN: 978-9943-5992-6-0 Bichimi: 60×90 1/16 Muqovasi: qattiq Ushbu kitob insoniyatning dunyodagi nasibalarini idora eta olish yo'llarini, dunyodan butunlay voz kechish to'g'ri emasligi, ayni vaqtda bandalarning dunyoga chalg'ib, u bilan mashg'ul bo'lib qolish tufayli Allohdan yuz o'girish sabablarini birma-bir bayon etadigan uch bo'limni o'z ichiga olgan. O'quvchilarimizga dunyoni anglashlari bilan Allohni suyukli bandalaridan bo'lishlariga umid qilamiz. Ushbu kitobdan quyidagilarni bilib olasiz: • Dunyo mazammati to'g'risida; • Bandaning haqqi borasida dunyo haqiqati va mohiyati; • Butun fikr-xayollarni band etgan dunyo va dunyo ishlarining haqiqati; • Mol dunyoni yaxshi ko'rmaslik bayoni; • Molni yaxshi ko'rish bilan yomon ko'rish orasidagi farq; • Tama' va hirsni muolaja qilish; • Saxiylik hikoyatlar; • Baxillik hikoyatlari; Molini deb banda zimmasiga tushadigan vazifalar bayoni; • Tafakkur fazilati;

