Dunyoning balo va ofatlari qanchalik ko‘p bo‘lmasin, avvalo dunyoning o‘zi nima ekanini bilib olish
kerak. Shundan keyin uning dushman ekaniga qaramasdan nega yaratilgani va yaratilishidan ko‘zda tutilgan
Hikmat va maqsadni, qaysi narsa g‘urur va yomonlikka olib borishini bilib olinadi.
Shunday ekan, kim dunyo yomonligini aniq bilib
olmasa, undan o‘zini saqlay olmaydi va unga berilib
ketganini ham bilmay dog‘da qoladi. Dunyo mazammati, uning asl ma’nosi, haqiqati, tafsilotlari, u bilan bog‘liq amallar, undan to‘liq voz kechish to‘g‘ri emasligi va unga chalg‘ib, mashg‘ul bo‘lib qolish tufayli ko‘p bandalarning Olloxdan yuz o‘girish sabablarini birma-bir bayon etamiz, inshaallox.
U uzi rozi bo‘ladigan har bir ishda yordam beruvchidir.

