Farzandlarimizning ongini ostirish, ularning aqlini charxlash hozirgi kunda har doimgidan ham muhim. Chunki, avvallari bolalarning hayotida turli òyinlar shaklida joriy qilingan har xil tadbirlar, topishmoq va boshqotirmalar ularning fikriy butun òsishiga muhim rol oynardi. Hozirgi globallashuv va jamoaviylikdan yakkalikka qarab ketilayotgan davrda yuqoridagi o‘yinlar o‘z ahamiyatini yòqotib bormoqda. Aslida, ozimizning milliy o‘yinlarimiz, topishmoq, boshqotirma, bahr bayt va shunga oxshash odatlarimizni saqlab qolgan holatda, boshqalardan ham ijobiy narsalarni qabul qilishimiz eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaymiz.
Qo‘lingizdagi ushbu mojaz kitobcha ham farzandingizning fikriy qarashi kengayishi, ongi oshishi va aqli charxlanishiga yordam berish uchun yozilgan. Kitobchadagi mashqlar qiziqarli bo‘lib, ularning ba’zilarini bajarishda o‘zingiz ham farzandingizga yordam berishingizga to‘g‘ri keladi. O‘z farzandingizning quvonchi va omadini kuzating! Sizga maroqli damlar tilab qolamiz.
Bolangizning kelajagiga befarq bo‘lmang!
ISBN : 4780153380049
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : А4
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 110
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

