Farzandlarimizning ongini o'stirish, ularning aqlini charxlash hozirgi kunda har doimgidan ham muhim. Chunki avvallari bolalarning hayotida turli o'yinlar shaklida joriy qilingan har xil tadbirlar, topishmoq va boshqotirmalar ularning fikriy butun o'sishida muhim rol oynardi. Hozirgi globallashuv va jamoaviylikdan yakkalikka qarab ketilayotgan davrda yuqoridagi o'yinlar o'z ahamiyatini yo'qotib bormoqda. Aslida, o'zimizning milliy o'yinlarimiz topishmoq, boshqotirma, bahribayt va shunga o'xshash odatlarimizni saqlab qolgan holatda boshqalardan ham ijobiy narsalarni qabul qilishimiz eng to'g'ri yo'l deb hisoblaymiz. Qo'lingizdagi ushbu mo'jaz kitobcha ham farzandingizning fikriy qarashi kengayishi, ongi o'shishi va aqli charxlanishiga yordam berish uchun yozilgan. Kitobchadagi mashqlar qiziqarli bo'lib, ularning ba'zilarini bajarishda o'zingiz ham farzandingizga yordam berishingizga to'g'ri keladi. O'z farzandingizning quvonchi va rivojlanishini kuzating! Sizga maroqli hordiq tilab qolamiz.
Bolangizning kelajagiga befarq bo'lmang!
ISBN : 4780153380032
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : А4
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 119
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

