Haus Herz — uyingizga mehr bilan!
Haus Herz idish yuvish geli yog‘larni, yoqimsiz oziq-ovqat hidlarini va ovqat qoldiqlarini samarali ketkazadi. Hatto sovuq suvda ham yaxshi ta’sir qiladi — dala hovli yoki dachada foydalanish uchun ayni muddao. Barcha turdagi idishlar uchun mos.
Haus Herz idish yuvish vositasi suv bilan to‘liq yuvilib ketadi, quyuq formulasi esa mahsulotning tejamkor sarflanishini ta’minlaydi. Bolalar idishlarini yuvish uchun ham mos.
Haus Herz idish yuvish vositalarining innovatsion formulasi yuqori sifatli tozalash natijasini ta’minlaydi:
Tarkibidagi pantenol qo‘l terisining tabiiy himoya qatlamini tiklashga yordam beradi.
Qo‘llash usuli: vositani nam gubkaga surting va ko‘pirtiring. Idishlarni yuving, so‘ng suv bilan yaxshilab chaying.
Yuvish eritmasini tayyorlash usuli (dachada foydalanish uchun): 1 choy qoshiq vositani 5 litr suvda eritib oling.








