Buyuk so'z ustasi Jaloliddin Rumiyning e'tiboringizga havola etilayotgan "Ichindagi ichindadur" asari qomusiy asar bo'lib, unda mutafakkirning komil inson orzusi ifoda etilgan, ijtimoiy-falsafiy mulohazalari o'rin olgan.
Mavlononing boshqa asarlari gatori "Ichindagi ichindadur"da ham so'z va uning inson hayotidagi o'rni haqida ko'p gapiriladi.
"So'z amal daraxtining mevasidir. Amal so'zdan paydo bo'ladi
Alloh taolo olamni so'zdan yaratdi".
Rumiy so'z yaratuvchining in'omi va aynan so'z qalbning makoni ekanini ta'kidlarkan, insonlar o'zaro suhbatlarida so'zning qudratini anglashini istaydi.
Bashariyat mutafakkiri Jaloliddin Rumiyning "Ichindagi ichindadur" ma'rifiy asari insonga uning haqiqiy maqomini eslatishda insoniy fazilatlarini kamol toptirishda muhim manbadir.

