Mashhur turk yozuvchisi Sabohiddin Ali qalamiga mansub mazkur asar garchi avtobiografik xarakterga ega boʻlsa-da, mutolaa mobaynida oʻquvchi oʻzini xuddi asar qahramonlarini avvaldan taniydigandek, biladigandek his qiladi va kundalik hayotda ham ularga tez-tez duch kelib turishini anglaydi.
Roman voqealari 1930-yil oxirida Istanbulda kechadi. Davr ruhini aks ettirgan ushbu asarda xalqning oddiy vakili bilan ziyolilar orasidagi farq ochib beriladi.
Asarni oʻqir ekan, oʻquvchi ham beixtiyor oʻzini soʻroqqa tuta boshlaydi. Muallif yoʻl qoʻyilgan xatolardan saboq olib, inson oʻz ichidagi shaytonga quloq tutmay, toʻgʻri yoʻldan borishi zarurligini uqtiradi.
Shubhasiz, har kim bu asardan oʻzi uchun nimadir topa oladi.

