“Ibratli hikoyalar – 3” — bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy hikoyalar jamlanmasi bo‘lib, unda insoniylik, halollik va ezgulik g‘oyalari yoritiladi. Kitob sahifalarida ota-onaga hurmat, mehnatning sharofati, qanoatning foydasi va yaxshi xulqning ahamiyati hayotiy voqealar orqali tushunarli tarzda bayon etilgan.
Hikoyalar sodda til bilan yozilgan bo‘lib, o‘quvchini fikrlashga undaydi va to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi. Oila davrasida o‘qish uchun juda mos.

