«Ibodati islomiya» — Ahmad Hodiy Maqsudiyning islom dini asoslarini o‘rganish uchun yozilgan mashhur boshlang‘ich diniy qo‘llanmasidir. Asarda ahli sunna val jamoa, xususan, yurtimiz musulmonlari amal qiladigan Hanafiy mazhabi asosida e’tiqod va ibodatga oid muhim masalalar tushuntirilgan.
Kitobda iymon va islom shartlari, shariat qoidalari, e’tiqod masalalari hamda musulmon kishi bilishi zarur bo‘lgan diniy tushunchalar batafsil yoritiladi. Ma’lumotlarning savol-javob tarzida berilishi mavzularni izchil o‘rganish va tushunishni osonlashtiradi.
«Ibodati islomiya» boshlang‘ich diniy bilimlarni egallashni istagan kitobxonlar uchun, shuningdek, o‘z bilimlarini mustahkamlash va tartibga solishni xohlagan o‘quvchilar uchun ham foydali qo‘llanma bo‘la oladi. Kitobda kundalik hayotda amal qilish uchun zarur bo‘lgan diniy qoidalar va tushunchalar sodda hamda qulay uslubda bayon qilingan.

