O'tgan asrning mashhur hanafiy olimi, ma'rifatparvar Ahmad Hodiy Maqsudiy tomonidan ta'lif etilgan asarlar turkiy xalqlarning islom diniga oid dastlabki ilmlarni egallashida asosiy darsliklardan biri sifatida xizmat qilgan. Uning qalamiga "Muallimi avval" asari esa nafaqat turkiy musulmonlar orasida, balki arab diyorlarida ham mashhur bo'lgan asardir.
Ahmad hodiy Maqsudiyning yana bir asari – "Ibodati islomiya" kitobi ham diyorimiz musulmonlari tomonidan boshlang'ich diniy bilimlarni egallashda mo'tabar qo'llanma sifatida e'zozlanadi.
Qo'shimcha ma'lumot:
Tillar: o'zbek va arabcha
Sahifalar soni: 266
Qog'oz turi: Qattiq
Ishlab chiqarish mamlakati: O'zbekiston
Komplekt: 1 ta kitob
O'lchamlar: 18x26 sm

