«Dunyoga kelgan har bir farzand Islom fitratida tug‘iladi», degan mazmunda hadisi sharif bor. Biz ummatni Islomda tug‘iltirgan, yashattirgan Alloh taologa hamd va sanolar bo‘lsin.
Ushbu kitob deyarli bir asrdan buyon dunyo musulmonlari orasida mashhur bo‘lgan “Ibodati Islomiya" kitobining to‘ldirilib, qayta nashrga tayyorlanganidir. Ahmad Hodiy Maqsudiyning ushbu asarida Islomning besh ustuni bo‘lmish iymon, namoz, ro‘za, zakot va haj amallari haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan.

