Ushbu kitobda shariatimiz qoidalari Ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiy mazhabi ko‘rsatmalariga asoslanib tushuntirilgan. Asar o‘tgan asr boshlarida o‘sha davr til me’yorlariga mos uslub va iboralar bilan yozilgan. Bunday ifoda bugungi o‘quvchi uchun biroz murakkab bo‘lishi mumkin. Shu sababli muallifning asosiy mazmunini saqlagan holda matn qisman zamonaviy tilga moslashtirildi. Ushbu qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, e’tiqod va diniy amaliyot masalalarini o‘rganishda foydali manba bo‘lishiga umid qilamiz.

